\"Barselona\" \"Vissel Kobe\"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
Photo: Getty Images
“Barselona” Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 34-daqiqada mehmonlar himoyachisi Erik Garsiya hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida Taisei Miyashiro muvozanatni tikladi. 77-daqiqada Runi Barji kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida yarim himoyachi Pedro Fernandes ispan grandining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Vissel Kobe” va “Barselona” so‘nggi bor 2023 yilda to‘qnash kelishgan. Shu o‘yinda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor