locale OZ

\"Barselona\" va Nico Williams o‘zaro kelishuvga erishdi

U yangi jamoasida soliqlarsiz yiliga 7-8 mln yevro maosh oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" va Nico Williams o‘zaro kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images

“Barselona” klubi “Atletik” vingeri Nico Williams bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi insayder Fabrizio Romano.

Manbaga ko‘ra, "Barca" va 22 yoshli ispaniyalik 6 yillik shartnoma bo‘yicha kelishishdi. Niconing maoshi – taxminan soliqlarsiz 7-8 million yevro atrofida bo‘ladi.

Futbolchi Kataloniya bilan shartnoma imzolasa, 17-raqamni olishi mumkin.

Ayni damda "Barca" "Bilbao" bilan kelishuvga erishish uchun shartnomaning moliyaviy shartlari ustida ishlamoqda

Xabarlarga ko‘ra, Williamsning transferi taxminan 58 million yevroga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting