«Barselona» va «Bavariya» Grimaldoga qiziqish bildirmoqda
30 yoshli ispaniyalik himoyachi, Leverkuzenning «Bayer» klubi futbolchisi Alexandro Grimaldo «Bavariya» va «Barselona» jamoalarining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Leverkuzen klubi futbolchini sotishni rejalashtirmayapti, biroq Grimaldoning o‘zi Ispaniyaga qaytishni afzal ko‘radi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Maʼlumot uchun, Grimaldo 2023 yil yozida «Benfika»dan «Bayer»ga 25 million yevro evaziga koʻchib o‘tgandi. Joriy mavsumda u nemis klubi safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
Ispaniya milliy jamoasi safida esa futbolchi 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt portali Grimaldoning transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.