locale OZ

“Barselona” va “Arsenal” “Chelsi” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” va “Arsenal” “Chelsi” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Kristofer Nkunku yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchiga “Arsenal” qiziqish bildirmoqda. “Kanonirlar” rahbariyati Kristofer jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning taktik sxemalariga mos kelishiga ishonmoqda.

Bundan tashqari, Nkunkuni kataloniyaning “Barselona” klubi ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumot uchun, Nkunku joriy mavsum 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting