«Barselona» Upamekano va Shlotterbekni diqqat bilan kuzatmoqda
Klub markaziy himoyani kuchaytirmoqchi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano va Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubining 25 yoshli futbolchisi Kataloniya klubiga 40 million yevroga tushishi mumkin.
Upamekanoning nemis grandi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan, shu bois "Barselona"ga tekin o‘tishi mumkin emas.
Ta’kidlanishicha, "blaugrana" hali ham "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn va Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Seru Girasini kuzatishda davom etmoqda. Har ikki futbolchi 65 million yevroga tushishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist