locale OZ

«Barselona» transferlar uchun 210 million yevro kredit oldi

Bu haqda Marca xabar berdi.
"Barselona" transferlar uchun 210 million yevro kredit oldi
ФОТО: Getty images

"Barselona" yozgi transferlar kampaniyasini moliyalashtirish maqsadida 210 million yevro miqdorida bank krediti rasmiylashtirdi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, mablag'ning asosiy qismi uch nafar futbolchini xarid qilish uchun sarflanadi. Ular: Xulian Alvares ("Atletiko" Madrid), Joau Kansuelo ("Al-Hilol") va Karim Adeyemi ("Borussiya" Dortmund).

Shuningdek, kredit mablag'larining bir qismi klubning operatsion xarajatlarini, jumladan, futbolchilar va xodimlar maoshlari to'lovini qoplashga yo'naltiriladi. Kredit "Barselona"ning kelgusidagi daromadlari evaziga olingan.

Xabar qilinishicha, Karim Adeyemi transferi bo'yicha kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Xulian Alvares bo'yicha muzokaralar esa Jahon chempionati tugagach faollashadi. Joau Kansueloning transferini rasmiylashtirish uchun esa, avvalo, soliq bilan bog'liq masalalar hal qilinishi lozim

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting