locale OZ

“Barselona” to'rt nafar futbolchiga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” to'rt nafar futbolchiga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ydi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning kelasi mavsum uchun qaydnomasi borasida muhim qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis to'rt nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Ular: Inyaki Penya, Pablo Torre, Oriol Romeu va Ansu Fati. Flik ushbu futbolchilarni o'z rejalariga kiritmagan.

Ma'lumot uchun, Hansi Flik 2024-yilning yozida “Barselona” bosh murabbiyiga aylandi. U o'zining birinchi mavsumidayoq kataloniyaliklar bilan birga La Liga chempionligi, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting