locale OZ

«Barselona» sobiq futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettiradi

U kataloniyaliklar safida Ispaniya chempioniga aylangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» sobiq futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettiradi
FOTO: Getty Images

Ispaniyalik vinger Kristian Tello BAAning ikkinchi divizonida ishtirok etuvchi «Palm Siti» jamoasiga oʻtdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, «Palm Siti» mamlakatning oliy divizioniga chiqish uchun kurashmoqda va klub rahbariyati Telloning tajribasi bu maqsadga erishishda yordam beradi, degan umidda.

Maʼlumot uchun, Tello «Barselona» va «Espanyol» akademiyalarining tarbiyalanuvchisi boʻlib, professional faoliyati davomida «Portu», «Fiorentina», «Betis», «Los-Anjeles», shuningdek, Saudiyaning «Al Fotih» va «Al Uruba» klublarida oʻynagan.

Tello «Barselona» bilan Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi boʻlgan. «Betis» safida esa Ispaniya kubogini yutgan. «Los-Anjeles» bilan esa MLS chempioni va mavsum gʻolibi boʻlgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting