locale OZ

«Barselona» Shlotterbekni sotib olmoqchi

Joriy mavsumda Shlotterbek klubda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Shlotterbekni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Barselona" qishki transfer oynasida himoyasini kuchaytirmoqchi.

El Nacional nashrida keltirilishicha, klub “Borussiya Dortmund” himoyachisi Nikolas Shlotterbekni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Hozirda "Barselona"ning markaziy himoyasida Pau Kubarsi va Erik Garsiya harakat qilmoqda. Biroq jamoa so'nggi o'yinlarda ko'p gol o'tkazib yuborgani bois, rahbariyat Kubarsiga tajribaliroq sherik topish zarurligini hisobga olgan.

Yangi himoyachiga ehtiyoj sezayotgan "Barselona" yanvar oyida Shlotterbek uchun 40 million yevro to'lashga tayyor.

Joriy mavsumda Shlotterbek klubda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting