«Barselona» Sheshkoni o’z safiga qoshib olmoqchi
«Barselona» klubi «Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kirita olmagan taqdirda, o‘zining muqobil transfer maqsadlari ro‘yxatiga «Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshkoni ham qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» sloveniyalik futbolchini «tegilmas» deb hisoblaydi va vositachilar uning transferi bo‘yicha so‘rovlar yuborganiga qaramay, uni sotishdan manfaatdor emas. «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik 23 yoshli hujumchini o‘zining uzoq muddatli loyihasidagi asosiy o‘yinchilardan biri deb biladi.
O‘tgan mavsumda Sheshko barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.