«Barselona» Romeu bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images
“Barselona” yarim himoyachi Oriol Romeu bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Marca nashri.
Nufuzli nashrda keltirilishicha, Kataloniya klubi bitimni bekor qilish shartlari yuzasidan futbolchi bilan muzokara olib bormoqda.
Tomonlar yaqinda barcha hujjatlarni rasmiylashtirishi kutilmoqda.
Agar “Barselona” Romeu bilan shartnomani bekor qilsa, himoyachi Jerar Martinni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘tgan mavsum u ijaraga olingan holda “Jirona”da to‘p surdi. Bu klub safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist