locale OZ

«Barselona» rahbariyati Hansi Flik oʻrniga yangi murabbiy topib qoʻydi

Germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklar safini tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» rahbariyati Hansi Flik oʻrniga yangi murabbiy topib qoʻydi
FOTO: Getty Images

«Barselonа»da bosh murabbiy Hansi Flikning kelajagi tobora noaniq boʻlib bormoqda. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, nemis mutaxassisi mavsum yakunida klubni tark etishi ehtimoli hamkorlikni davom ettirish variantidan yuqori turibdi. Jamoa natijalaridagi beqarorlik Flikka katta bosim oʻtkazmoqda, u esa ba’zi tanqidlarni adolatsiz deb hisoblaydi.

Vaziyatni murakkablashtirayotgan yana bir omil — murabbiy bilan ayrim futbolchilar oʻrtasidagi tarang munosabatlar. Xususan, Lamin Yamal va Robert Levandovski bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar klub ichidagi muhitga ta’sir qilmoqda.

Klub prezidenti Joan Laporta hamda sport direktori Deko esa allaqachon ehtimoliy nomzodlarni koʻzdan kechira boshlagan. Asosiy favorit sifatida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike koʻrilmoqda, biroq parijliklar uni qoʻyib yuborishga hozircha tayyor emas. Navbatdagi nomzod — «Komo» bilan olib borayotgan samarali faoliyati bilan e’tibor qozonayotgan Sesk Fabregas. Unga bo‘lgan qiziqish Kataloniyada tobora ortib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting