locale OZ

«Barselona» rahbariyati bonus toʻlashdan qochish maqsadida Levandovskidan kamroq gol urishga soʻragan

Holat 2022/2023 yilgi mavsumda sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» rahbariyati bonus toʻlashdan qochish maqsadida Levandovskidan kamroq gol urishga soʻragan
FOTO: Getty Images

«Barselona» rahbariyati 2022/2023 yilgi mavsumda hujumchi Robert Levandovskidan kamroq gol urishni so‘ragan.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa polshalik futbolchining «Bavariya»dan transferi uchun bonus to‘lashdan qochish edi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, klub funksionerlari, jumladan, prezident Joan Laporta, uni ko‘p gol urmaslikka chaqirgan, chunki aks holda kataloniyaliklar «Bavariya»ga 2,5 million yevro to‘lashga majbur bo‘lardi.

Maʼlumot uchun, Levandovski mavsum yakunida milliy chempionatda 23 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting