«Barselona» qishki transferlar vaqtida Bundesligadan himoyachi xarid qilmoqchi
Kataloniyaliklar himoya chizigʻini mustahkamlash ishlarini olib bormoqda.
FOTO: Getty Images
«Barselona» qishki transfer oynasida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini izlashda davom etmoqda va nisbatan arzon transferga umid qilmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, asosiy nomzodlar orasida Berlinning «Yunion» klubi himoyachisi Diogu Leyte bor. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik futbolchi klub talablariga mos keladi va yanvar oyidayoq ko‘chib o‘tishi mumkin.
Leyte 26 yoshda. Uning «Yunion» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida tugaydi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati — 12 million yevro. U Portugaliya terma jamoasiga ikki bor chaqirilgan, biroq rasmiy debyut qilmagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist