locale OZ

“Barselona” prezidenti Flikni jamoaga kim taklif qilganini oshkor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” prezidenti Flikni jamoaga kim taklif qilganini oshkor qildi
“Barselona” prezidenti Flikni jamoaga kim taklif qilganini oshkor qildi

“Barselona” futbol klubi prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyligiga Hans-Diter Flikni tayinlash qarorini kim qabul qilganini ma'lum qildi. Flikni tayinlash tashabbusi Dekuga tegishli.

“Bu uning qarori edi”, — deya Laportaning so'zlarini keltiradi BarcaTimes.

Eslatib o'tamiz, Deku hozirda “Barselona”ning sport direktori lavozimida ishlaydi. Flik jamoani o'tgan yozda qabul qilib olgan. 33 turdan so'ng “Barselona” La Liga jadvalida 76 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Madridning “Real” klubi 4 ochkoga orqada.

30 apreldan 1 mayga o‘tar kechasi “Barselona” Chempionlar Ligasining yarim finalining ilk uchrashuvida “Inter”ni qabul qiladi. O‘yin soat 00:00da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting