«Barselona» Omar Marmush uchun kurashda yetakchilik qilmoqda
«Barselona» «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmushni transfer qilish uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Misrlik futbolchi «shaharliklar» lagerini tark etishga intilmayapti, biroq ko‘proq maydonga tushishni istaydi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agar 60-65 million yevro miqdorida taklif tushsa, «Manchester Siti» 27 yoshli forvardni sotishga tayyor. «Ko‘k-anorranglilar» Marmushni yozda jamoani tark etadigan Robert Levandovskiga potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq misrlik futbolchiga «Tottenhem» va «Aston Villa» klublari tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda Marmush barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Igrokning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.