«Barselona» Olmo uchun narx belgiladi
“Barselona” yarim himoyachi Dani Olmo bilan xayrlashishi mumkin, deb xabar bermoqda Fichajes nashri.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga APL va Saudiya klublaridan takliflar bor. “Barselona” moliyaviy qudratli takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Shuningdek, klub rahbariyati futbolchining tez-tez jarohat olishi, shuningdek, Fermin Lopesning yorqin o‘yini tufayli shunday qarorga kelgan. Bundan tashqari, “Barselona” ustozi Hansi Flik Rafinyani aynan Olmo to‘p suradigan pozitsiyada sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Dani Olmo o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 39 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.