locale OZ

«Barselona» «Olimpiakos»ga qarshi oʻyin oldidan yoʻqotishga uchradi

Ushbu bahs bugun 21:45 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Olimpiakos»ga qarshi oʻyin oldidan yoʻqotishga uchradi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan «Olimpiakos»ga qarshi oʻyindan oldin yoʻqotishga uchradi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Andres Kristensen oʻtkir oshqozon-ichak kasalligi sababli ushbu bahsda maydonga tusha olmaydi.

Shu bilan birga, hujumchi Ferran Torres toʻliq tiklandi va oʻyinda ishtirok etishga tayyor. Qizigʻi shundaki, avvalroq Hans-Diter Flik Torresga hali o‘ynashga erta ekanini aytgandi.

Maʼlumot uchun, «Barselona» va «Olimpiakos» oʻrtasidagi bahs bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting