locale OZ

«Barselona» «Norvich Siti»ning 15 yoshli hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, uni Yevropaning bir nechta klublari ham kuzatib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Norvich Siti»ning 15 yoshli hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» «Norvich Siti»ning 15 yoshli hujumchisi Adjay Tavaresni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal.com nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yosh futbolchini bir nechta Yevropa klublari kuzatib kelgan, ular orasida «RB Leypsig» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi ham bor. Biroq aynan «Barselona» eng qulay shartlarni taklif qilgan va transferni yaqin vaqt ichida yakunlashni maqsad qilgan.

Tavares «Norvich Siti» U18 jamoasida chap qanot hujumchisi sifatida to‘p suradi. U klubning asosiy tarkibida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan, biroq iyul oyida Niderlandiyaning «Volendam» jamoasiga qarshi mavsumoldi o‘yinida ishtirok etgan.

Angliya U17 terma jamoasi safida esa 4 ta uchrashuv o‘tkazgan, ammo hozircha gol yoki assist qayd etmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting