\"Barselona\" Niko Uilyamsni sotib olish fikridan voz kechdi
Photo: Getty Images
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Atletik" vingeri Niko Uilyamsni sotib olishga urinishlar haqidagi savolga javob berdi.
O‘tgan yozda kataloniyaliklar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
"Biz Nikoni o‘tgan yozda Dani Olmo bilan birga potentsial shartnoma sifatida ko‘rgan edik. Ammo hozir biz boshqa o‘yinchilarni sotib olishga harakat qilyapmiz", - dedi Laporta.
Avvalroq Uilyamsga "MYU" va "Chelsi" jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist