locale OZ

“Barselona” Niko Uilyams agenti bilan muzokara o'tkazdi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
“Barselona” Niko Uilyams agenti bilan muzokara o'tkazdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletik” hujumchisi Niko Uilyamsning agenti bilan uchrashib, futbolchining transferi borasida muhokama qilishdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” Uilyams yo'qligida Joan Laportaning ommaviy bayonotlariga qaramay, unga bo'lgan qiziqishni tiklagan.

Qayd etilishicha, vingerga “Arsenal” va “Bavariya”dan ham taklif bor, ular futbolchining tovon pulini to'lashga tayyor. Biroq, Uilyams Ispaniyada qolishni afzal ko'rmoqda.

“Barselona”ning hozirgi ustuvor maqsadi “Liverpul” vingeri Luis Dias hisoblanadi. Ammo bu transferga erishish “Atletik” futbolchisini qo'lga kiritishdan qiyinroq bo'lmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting