locale OZ

“Barselona” Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda, biroq...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda, biroq...
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The i Paper nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” angliyalik futbolchining transferi uchun 40 million funt sterling talab qilmoqda, biroq kataloniyaliklar bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda va buncha pul to'lamoqchi emas.

Ta'kidlanishicha, Reshfordning o'zi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishga qarshi emas va buning uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Eslatib o'tamiz, Reshford o'tgan qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Aston Villa”ga o'tgandi. Uning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting