locale OZ

\"Barselona\" Luis Dias uchun kurashadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Luis Dias uchun kurashadi
Photo: Getty Images

"Liverpul" hujumchisi Luis Dias faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Relevo xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, kolumbiyalik futbolchining transferiga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Diasni yozda asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Diasning transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Dias 2022 yildan beri “Liverpul” safida o‘ynamoqda. Hujumchi joriy mavsumda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting