locale OZ

«Barselona» Levandovskiga Fransiya chempionatidan o‘rinbosar topdi

“Barselona” skautlari argentinalik hujumchining o‘yini va samaradorligidan hayratda qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Levandovskiga Fransiya chempionatidan o‘rinbosar topdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” klubi hujumchi Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, klub Fransiya chempionati to‘purari bo‘lib turgan Xoakin Panichelliga da'vogarlar safidan joy oldi.

“Barselona” skautlari argentinalik hujumchining o‘yini va samaradorligidan hayratda qolgan.

23 yoshli Panichelli joriy mavsum Liga 1 doirasida o‘tkazilgan 10 ta uchrashuvda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Panichelliga “Chelsi” va “Milan” klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Transfermarkt portali hozirda futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting