«Barselona» Levandovskiga Bundesligadan oʻrinbosar topdi
«Barselona» Germaniyaning «Hoffenhaym» klubi markaziy hujumchisi Fisnik Aslani oʻyinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, kataloniyaliklar futbolchining shartnomasida 2026 yilning yozida faollashtirilishi mumkin boʻlgan tovon puli bandi mavjudligidan xabardor.
Qayd etilishicha, 23 yoshli futbolchining oʻzi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga oʻtishni istamoqda. Avvalroq Aslani «Barselona» safida oʻynash har doim uning orzusi boʻlganini taʼkidlagan edi.
Maʼlumot uchun, Aslani joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.