locale OZ

«Barselona» Levandovski oʻrniga Vlahovichni olib kelmoqchi

Polshalik hujumchi joriy mavsum oxirida kataloniyaliklar bilan xayrlashishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Levandovski oʻrniga Vlahovichni olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqish bildirmoqda va uni Robert Levandovski oʻrniga olib kelmoqchi. Bu haqda Tuttusport nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, serbiyalik forvardning turinliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Vlahovichga «Barselona»dan tashqari Myunxenning «Bavariya» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Levandovski yozda «ko'k-anorranglilar» safini tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Maʼlumot uchun Vlahovich joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Levandovski esa 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting