locale OZ

«Barselona» Levandovski oʻrniga toʻrt nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Levandovski oʻrniga toʻrt nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» 2026 yil yozida shartnomasi yakunlanadigan Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirishni boshladi. Katalon klubi to‘rt nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, asosiy variant sifatida Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares ko‘rib chiqilmoqda. Argentinalik futbolchi joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 15 o‘yinda ishtirok etib, «gol+pas» tizimi bo‘yicha 9+4 natija qayd etgan.

Shuningdek, «Bavariya» forvardi Garri Keyn ham «Barselona» ro‘yxatida. Sababi — yozdan boshlab ingliz futbolchisining shartnomasida 65 million yevrolik tovon puli bandi kuchga kiradi. Keyn mavsum boshidan beri 16 ta uchrashuvda 22 ta gol urgan.

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Giras­si hamda «Levante» futbolchisi Karl Eduard Etta Eyon ham Levandovski o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan nisbatan arzon variantlar sifatida «Barselona»ning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting