locale OZ

«Barselona» Levandovski oʻrniga Keynni olib kelmoqchi

Biroq transfer klubning moliyaviy holatiga bogʻliq boʻladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Levandovski oʻrniga Keynni olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Bavariya» hujumchisi Harri Keynni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 2026 yilning yozida 32 yoshli futbolchining shartnomasida 65 million yevrolik tovon puli bandi faollashadi. «Barselona» Keynni 37 yoshli Robert Levandovski oʻrniga olib kelishni rejalashtirmoqda. Biroq transfer klubning moliyaviy holatiga bogʻliq boʻladi.

Shuningdek, hujumchiga sobiq jamoasi «Tottenhem» va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, Keyn joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting