locale OZ

«Barselona» Lautaro Martines bilan muzokara boshladi

Deku argentinalik futbolchining vakili bilan uchrashdi.
«Barselona» Lautaro Martines bilan muzokara boshladi
ФОТО: Getty images

“Barselona” sport direktori Deku o‘tgan hafta “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning vakili bilan uchrashdi. Bu haqda jurnalist Jherar Romero xabar berdi.

Tomonlar argentinalik forvardning kataloniyaliklar safiga o‘tish ehtimolini muhokama qilishdi.

Martines Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolgan taqdirda “Barselona”ning asosiy muqobil variantlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Kataloniyaliklar hali ham “Atletiko” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda, biroq Madrid klubi bilan muzokaralar murakkab kechmoqda.

Lautaro o‘tgan mavsumda “Inter” safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi.

28 yoshli argentinalik futbolchining “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati Transfermarkt tomonidan 85 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting