«Barselona» Lamin Yamalning jarohati jiddiy tus olishidan xavotirda
«Barselona» rahbariyati 18 yoshli hujumchi Lamin Yamalning son-pay sohasidagi jarohati uzoq muddatli muammoga aylanishidan jiddiy xavotirda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Yamal joriy mavsumda ushbu muammo bilan toʻqnash kelgan, shuningdek, oʻxshash jarohatni avvalroq klubning sobiq yulduzi Lionel Messi ham boshdan kechirgan, biroq u toʻliq sogʻayishga muvaffaq boʻlgandi.
Avvalroq ayrim OAVlar Yamalning noqulayliklari davom etsa, unga operatsiya oʻtkazilishi ehtimolini ham istisno etmagan edi.
Maʼlumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.