locale OZ

«Barselona» Kristensen bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Kristensen bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Photo: Getty Images

“Barselona” himoyachi Andreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Marca xabar berdi.

"Ko‘k-anorranglilar" 29 yoshli futbolchidan yozda qutulishni rejalashtirgan edi, biroq endi pozitsiyasini o‘zgartirdi.

Kataloniyaliklar daniyalik futbolchiga 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Andreas o‘tgan mavsum "Barselona"ning bor-yo‘g‘i 6 ta o‘yinida ishtirok etdi. Himoyachi jamoa bilan birga Ispaniya chempioni va Qirol kubogi sohibiga aylandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting