locale OZ

«Barselona» joriy mavsum uchun moʻljallangan toʻrtinchi libosini taqdim etdi

Bu safargi formalar «Real» ustidan qozonilgan gʻalaba sharafiga bagʻishlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» joriy mavsum uchun moʻljallangan toʻrtinchi libosini taqdim etdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi joriy mavsum uchun ishlab chiqilgan to‘rtinchi komplekt formasining ko‘rinishini namoyish etdi.

Ushbu forma 2005 yilda «Santyago Bernabeu» stadionida «Real Madrid» ustidan qozonilgan yirik g‘alabaga bag‘ishlangan.

Kataloniyaliklar matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilishicha, to‘rtinchi forma «2005 yil 19 noyabr kuni safarda “Real” ustidan qozonilgan g‘alabani eslatadi».

O‘sha o‘yinda «Barselona» madridliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Gollarni Samuel Eto’O va Ronaldinyo (dubl) kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting