Barselona Jeksonni ijaraga olmoqchi
Photo: Getty Images
"Chelsi" klubi hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini Kataloniyaning “Barselona” jamoasida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Caught Offside.
Manbaga ko‘ra, klub senegallik 24 yoshli forvardni bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Klub uni Robert Levandovski uchun ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Londondikilar Jeksonni 50 mln yevroga baholamoqda. Biroq, "Barselona" katta transferdan qochmoqchi va ijara variantini muhokama qilishni ma'qul ko‘radi.
Jekson 2023 yilning yozida "Chelsi"ga o‘tgan edi. U 2024/25 yilgi mavsumda "ko‘klar" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor