«Barselona» Inigo Martines oʻrniga besh nafar himoyachi nomzodini koʻrib chiqmoqda
«Barselona» markaziy himoyachi Inigo Martines o‘tgan yozda klubni tark etganidan so‘ng uning o‘rnini bosadigan futbolchini izlash uchun transfer bozorini faol o‘rganmoqda.
Sport.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar chap oyog‘idan foydalanadigan va sifatli pas bera oladigan himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» ro‘yxatida quyidagi besh futbolchi bor:
Niko Shlotterbek («Borussiya Dortmund»)
Gonsalu Inasiu («Sporting»)
Mark Gehi («Kristal Pelas»)
Tilel Tati («Nant»)
Deyot Upamekano («Bavariya»)
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Shlotterbekning bozor qiymati 40 million yevrodan oshadi. Inasiu shartnomasida 60 million yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. Gehi va Upamekano bilan tuzilgan shartnomalar esa 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.