locale OZ

«Barselona» Inasiuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbolchining "Sporting" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Inasiuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Barselona" "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiuning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, lissabonliklar futbolchining tovon pulini 80 mln yevroga oshirish uchun u bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi.

Inasiuning "Sporting" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachini 45 mln yevroga baholamoqda.

Gonsalu Portugaliya terma jamoasiga faol chaqiruv olmoqda. Jamoa safida himoyachi 19 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda futbolchi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting