“Barselona” ikki futbolchidan birini Reshfordga almashtirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi hali ham “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar 27 yoshli futbolchini kataloniyaliklar markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yoki hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopesdan biriga almashtirishga tayyor.
Qayd etilishicha, MYU Arauxo joriy mavsumdagi qoniqarsiz o'yinlariga qaramay, jamoaning himoyadagi muammolarini hal qila oladi, deb hisoblaydi.
Ma'lumot uchun, Arauxoning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yoziga qadar, Lopesniki esa 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist