«Barselona» hujumchisiga «Portu» va «Shtutgart» qiziqish bildirmoqda
«Barselona»ning yosh qanot hujumchisi Runi Barjiga «Portu» va «Shtutgart» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Sport.es xabariga ko‘ra, ikki jamoa ham qishda futbolchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Biroq manbaning yozishicha, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Barjining ijaraga ketishini ma’qullamayapti. Mutaxassis futbolchi kamida joriy mavsum oxirigacha Kataloniya klubida qolishi kerak, deb hisoblaydi.
Eslatib oʻtamiz, 20 yoshli futbolchi «Barselona»ga o‘tgan yozda kelgan. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma qayd etdi.
Barjining klub bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.