locale OZ

«Barselona» himoyachisining burni sindi

Futbolchi endi bir muddat himoyaviy niqob bilan maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» himoyachisining burni sindi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, jamoa himoyachisi Erik Garsiyada burun sinishi holati aniqlangan.

Manbaga koʻra, ispaniyalik futbolchi bu jarohatni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan oʻrin olgan «Bryugge»ga qarshi bahsda (3:3) orttirib olgan va oʻyindan soʻng shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, Garsiya endi bir muddat himoyaviy niqob bilan maydonga tushadi. Uning «Selta»ga qarshi navbatdagi oʻyinda maydonga tushishi hozircha nomaʼlum.

Maʼlumot uchun, Garsiya joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting