locale OZ

\"Barselona\" himoyachisi Saudiyadan kelgan taklifni rad etdi

Unga A Seriyada ham taklif bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" himoyachisi Saudiyadan kelgan taklifni rad etdi
Photo: Getty Images

“Barselona” himoyachisi Andreas Kristensen yozda boshqa jamoaga o'tishi kutilmoqda, deya xabar beradi Diario Sport.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik daniyalik futbolchini o'z rejalariga kiritmagan.

Unga Saudiya Arabistoni klublaridan mo'may daromadli taklif tushgan. Biroq Andreas Yevropani tark etishni istamayapti va klub taklifini rad etgan.

“Milan” ham Andreas bo'yicha taklif bilan chiqqan. Futbolchi A Seriyaga ham yo'l olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, himoyachi 2022 yildan beri “Barselona” safida to'p surib kelmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting