locale OZ

Barselona himoyachisi Kunde jarohat sabab Interga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona himoyachisi Kunde jarohat sabab Interga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yubordi
Barselona himoyachisi Kunde jarohat sabab Interga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yubordi

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi fransiyalik himoyachi Jyul Kunde jarohati tufayli 6 may kuni Milanda bo‘lib o‘tadigan YeCHL yarim final javob bahsida "Inter"ga qarshi maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Sport.es nashri jurnalisti Toni Xuan Marti xabar berdi.

Kunde 3:3 hisobida yakunlangan ilk o‘yinda 40-daqiqada orqa son mushaklaridan jarohat olgan va almashtirilgan edi. Javob o‘yini keskin tarzda o‘tishi kutilmoqda, chunki g‘alaba — YeCHL finali yo‘llanmasi uchun kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uchrashuv "San-Siro" stadionida 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, YeCHLning amaldagi chempioni — o‘tgan mavsum finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan Madridning "Real" klubidir.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting