locale OZ

«Barselona» hali ham Xulian Alvaresni asosiy maqsad qilmoqda

Ammo tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘q.
«Barselona» hali ham Xulian Alvaresni asosiy maqsad qilmoqda
ФОТО: Getty images

“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares hali ham “Barselona”ning hujum chizig‘ini kuchaytirishdagi asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. AS ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirmagan.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” hozircha Alvares transferi bo‘yicha “matraschilar” bilan kelisha olmayapti. Shu sababli klub “Inter” hujumchisi Lautaro Martines va “Bryugge” forvardi Nikolo Trezoldini muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Alvaresning o‘zi esa Kataloniya klubiga o‘tish istagida ekani aytilmoqda. Ayni paytda u “Atletiko” mashg‘ulotlarida odatdagidek ishtirok etmoqda, ammo futbolchining jiddiy kayfiyati va bosh murabbiy Diego Simeone bilan munosabatlaridagi sovuqlik e’tiborni tortmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid jamoasi hozircha Alvaresni sotish niyatida emas. Klub rahbariyati argentinalik hujumchini jamoada saqlab qolish pozitsiyasida turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting