locale OZ

«Barselona» Gvardiolga qiziqish bildirmoqda – manba

Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 70 million yevroni tashkil qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Gvardiolga qiziqish bildirmoqda – manba
ФОТО: Getty images

"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shartnoma imzolashni istamoqda. COPE nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi xorvatiyalik markaziy himoyachiga aniq qiziqish bildirgan.

"Manchester Siti" 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi yakunlanishidan oldin futbolchidan pul ishlash uchun himoyachining ketishini ko'rib chiqishi mumkin.

Avvalroq futbolchiga "Bavariya" va "Real" tomonidan ham qiziqish bo'layotgani haqida xabar berilgandi – "qaymoqranglilar" Yoshkoga 2023 yilda ham qiziqish bildirgan, biroq o'shanda "Siti" "RB Leyptsig"ga 90 million yevro taklif qilib, futbolchi uchun kurashda g'alaba qozongandi, endi esa nemis klubi uning Bundesligaga qaytishini xohlamoqda.

O'tgan mavsumda himoyachi ingliz klubi safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, ikki ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting