locale OZ

Barselona Grimaldoni sotib oladi

Kataloniyaliklar uni chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona Grimaldoni sotib oladi
ФОТО: Getty images

“Bayer” himoyachisi Alejandro Grimaldo kelasi yozda “Barselona” safiga qo‘shilishi ehtimoli juda yuqori.

Sports.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar uni chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.

Jamoa murabbiylar shtabi aynan chap qanot himoyachisi pozitsiyasini tarkibdagi eng zaif bo‘g‘inlardan biri deb hisoblamoqda.

Grimaldo “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu sababli kataloniyaliklarga qaytishga qarshi emas.

Bundan tashqari, klub kelasi mavsum oldidan yangi hujumchi xarid qilishni ham rejalashtirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting