locale OZ

\"Barselona\" Grimaldoni ortga qaytarmoqchi

U "Barselona" akademiyasida tahsil olgan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Grimaldoni ortga qaytarmoqchi
Photo: Getty Images

Aleks Grimaldo "Barselona"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi Aleks Balde va Jerar Martinning o‘yinidan mamnun, biroq ular ikkinchisining yuqori saviyada o‘ynashga tayyorligiga shubha qilishmoqda.

Klub ushbu pozitsiyani yanada kuchaytirish maqsadida “Bayer” futbolchisi Aleks Grimaldoni ortga qaytarmoqchi.

Futbolchining transfer qiymati taxminan 15-18 million yevroni tashkil qiladi.

Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Bundesligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting