locale OZ

«Barselona» Grimaldoni «Bayer»dan 10 million yevroga sotib olishi mumkin — Moretto

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymati 20 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Grimaldoni «Bayer»dan 10 million yevroga sotib olishi mumkin — Moretto
ФОТО: Getty images

“Bayer” 30 yoshli qanot himoyachisi Alexandro Grimaldoning narxini 10 million yevro etib belgiladi. Bu, futbolchi akademiyasining bitiruvchisi bo‘lgan “Barselona”, shuningdek, Madridning “Atletiko” klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda Sport.es nashri jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” va “Atletiko” Grimaldo bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda, biroq hech bir klub “dorishunoslar”ga rasmiy taklif bilan chiqmagan. “Bayer” futbolchini yozda sotishga tayyor, chunki uning shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

O‘tgan mavsumda Grimaldo barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting