«Barselona» Gravenberchni sotib olmoqchi
Kataloniya klubi 23 yoshli niderlandiyalik yarimhimoyachi Ryan Gravenberch bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Fichajes nashri.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini anchadan beri kuzatib keladi va uni o‘z safida ko‘rishni istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Gravenberch 2023 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangandi va “Liverpul”ning APLni yutishda katta hissa qo‘shgandi.
Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.