“Barselona” Garsiya bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
“Barselona” klubi 24 yoshli himoyachi Erik Garsiya bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yangi bitim 4 yoki 5 yilga uzaytirilishi mumkin. Garsiyaning o‘zi ham faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istamoqda. Hozirda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.
Garsiya “Barselona” safida 2021 yil yozidan beri to‘p suradi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbolchi shu vaqt ichida “ko‘k-anorranglilar” safida jami 131 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga teng.