locale OZ

«Barselona» Flikning yosh hujumchiga imkoniyat bermayotganidan norozi

Bu haqda El Nacional xabar berdi.
«Barselona» Flikning yosh hujumchiga imkoniyat bermayotganidan norozi
ФОТО: Getty images

«Barselona»da bosh murabbiy Hans-Diter Flikning bir qarori bo‘yicha norozilik bor. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Gap yosh hujumchi Hamza Abdelkarim haqida ketmoqda. 18 yoshli futbolchi mavsumoldi yig‘inlari davomida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan va klub rahbariyati uning rasmiy uchrashuvlarda ham muntazam ravishda maydonga tushib, rivojlanishini davom ettirishini kutgan.

Biroq Flik Abdelkarimga hozircha deyarli imkoniyat bermayapti. U mavsum boshidan buyon faqat bir uchrashuvda hujumchini zaxiradan maydonga tushirgan va u ham bahsning so‘nggi daqiqalarida ro‘y bergan. Qolgan uchrashuvlarda Abdelkarim 90 daqiqa davomida zaxira o‘rindig‘ida qolgan.

«Barselona» navbatdagi uchrashuvini 10-oktabr kuni o‘z maydonida «Xetafe»ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting