locale OZ

«Barselona» Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» markaziy himoyachisi Erik Garsiya klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, klub rasmiylari Garsiyani asosiy futbolchi sifatida ko‘radi va uni kelajakda jamoa sardori sifatida ko‘rmoqda.

24 yoshli futbolchi shartnoma muhokamalari boshidan e’tiboran uni uzaytirishga katta qiziqish bildirgan – u o‘z holatidan mamnun va hech qayerga ketishni rejalashtirmayapti.

Maʼlumot uchun, Erik Garsiyaning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. Garsiya nafaqat markaziy himoyada, balki yarimhimoyada ham o‘ynash imkoniyatiga ega.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting