locale OZ

«Barselona» Erik Garsiya bilan qachon shartnomani uzaytirishi maʼlum boʻldi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Erik Garsiya bilan qachon shartnomani uzaytirishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» kelasi hafta himoyachi Erik Garsiya bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining «blaugrana» bilan tuziladigan yangi shartnomasi besh yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Hozirgi bitim esa 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Garsiya «Barselona» safida 2021 yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 135 ta o‘yinda maydonga tushib, yetti gol va olti golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting